<?xml version="1.0" encoding="UTF-8"?><song><author>Ulugʻbek Abduhalimov, Ravshan Hizirov</author>
<lyrics>[V1]
 Ishonganim tashlab qoʻyganda
 Mensiz kulib, oʻynab, toʻyganda
 Jim, pichoqsiz goho &quot;soʻyganda&quot;
 Rabbim Sizdan yaqin kishim yoʻq!

[V2]
 Maqtovchini koʻpini koʻrdim
 Egilganni &quot;xoʻp&quot;ini koʻrdim
 Faqat Sizdan men yordam soʻrdim
 Rabbim Sizdan yaqin kishim yoʻq!

[V3]
 Kecha choʻzsam yordam qoʻlimni
 Bugun chiqib toʻsar yoʻlimni.
 Tursa ravo koʻrib oʻlimni
 Rabbim Sizdan yaqin kishim yoʻq!

[V4]
 Unutarlar kimligin darrov
 Yordam soʻrsang, soʻrarlar garov.
 Yaqiningmi bilmaysan birov
 Rabbim Sizdan yaqin kishim yoʻq!

[V5]
 Qabogʻ uyib oʻtar yonimdan
 Qondoshim ham kechar qonimdan
 Sizni taniganim onimdan
 Rabbim Sizdan yaqin kishim yoʻq!

[V6]
 Bandada deb qoʻlim siltadim
 Sinadim koʻp, soʻzlamayin jim.
 Ishonmayman chin desa sevgim
 Rabbim Sizdan yaqin kishim yoʻq!

[V7]
 Ish bitguncha Ota degaylar
 Pul topsa gar senga oʻgaylar.
 Oshin panalarda yegaylar
 Rabbim Sizdan yaqin kishim yoʻq!

[V8]
 Ayyorligin qilar namoyon
 Ayyor yurak misoli chayon.
 Indamayman boʻlsa ham ayon
 Rabbim Sizdan yaqin kishim yoʻq!

[V9]
 Tushundimki odam zoti bir
 Tushundimki ichkarisi kir.
 Endi kimga talpinay axir?
 Rabbim Sizdan yaqin kishim yoʻq!

[V10]
 Tashlab qoʻymadingiz bir dam ham
 Shodlikda ham, cheksam ham sitam
 Sizdir Yaratuvchi va Egam
 Rabbim Sizdan yaqin kishim yoʻq</lyrics>
<title>Rabbim Siz yaqinimsiz</title>
</song>